Madridning "Real" klubi ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi javob o'yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, "Santyago Bernabeu"dagi dastlabki o'yinda "Real" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
"Bu Chempionlar Ligasi, klubimizning turniri va biz zimmamizda qanday mas'uliyat borligini bilamiz. Bu derbi, qiyin bo'ladi, imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va borimizni beramiz," - deya "qaymoqranglilar" darvozabonining so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.