Bugun Ispaniya chempionatida so'nggi tur o'yinlari o'tkaziladi.
«Malaga» o'z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Madridliklarni bu o'yinda durang natija ham qoniqtiradi. Ammo «Barselona»ning «Malaga» tarkibida o'ynovchi o'z «agenti» bor. U «Real»ga gol urib, uni chempionlikdan mahrum qilish orzusida yashamoqda.
Gap Sandro Ramires haqida ketmoqda. «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan futbolchi o'tgan yili yozda «Malaga» tarkibiga kelib qo'shilgan edi.
«Real»ga gol urib, uni chempionlikdan mahrum qilishni istayman. «Barselona»ni chempion qilmoqchiman, bu mening orzum. Men bu jamoadan qarzdorman. Umid qilamanki, bu ishni amalga oshiraman» - dedi Sandro Ramires Marca xabarida.
«Malaga» - «Real» o'yini 21 may kuni soat 23-00da boshlanadi.