Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o'yinida o'z uyida "Atletiko"ni qabul qiladi. Uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Jurnalist Migel Anxel Diasning ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning eng katta ehtimol bilan boshlang'ich tarkibi quyidagicha: darvoza chizig'ida Tibo Kurtua, himoyada Ferlan Mendi, Antonio Ryudiger, Raul Asensio va Federiko Valverde, markaziy va hujum chiziqlaridan Eduardo Kamavinga, Orelen Tchuameni, Braim Dias, Rodrigo, Vinisius Junior va Kilian Mbappe joy oladi.