Sir emaski, Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Garet Beyl juda ko'p jarohat oladi.
Ayni damda Beyl JCh-2018 saralashi doirasida Uels termasida orttirib olgan jarohatidan tuzalish bilan band.
Jon Toshak esa juda ko'p jarohatlar orttirib olishi sababini tushuntirdi.
"Garet bilan uning oyolariga beriladigan zarbalar haqida suxbatlashganim esimda. U chap qanot futbolchisi, qarama qarshi o'ynashga juda qiynaladi.
Maldini, Roberto Karlos yoki Jachinto Fakkettilarning o'ng qanotdan o'ynaganini ko'rmaganman. U juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yuboryapti, bu esa uning jismoniy holatiga jiddiy putur etkazadi", - deydi Toshak.