Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Marselo Ispaniya chempionati 8-turi doirasida “Xetafe”ga (2:1) qarshi o'yinda g'alaba to'pini kiritgan Krishtianu Ronalduni maqtab o'tdi.
“Ronaldudan nima kutishni bilamiz. U har doim o'yin taqdirini hal qiladigan ketma ket gollarni ura oladi.
“Xetafe” maydonidagi chim juda og'ir edi. Undan tashqari “Real”ga qarshi barcha jamoalar katta ishtiyoq bilan o'ynashadi. Biroq biz juda yaxi o'ynadik. Asosiysi g'alabaga erishdik”, - deydi Marselo.