Muhammad Airam Ramos Vayde yoki qisqa qilib "Moha" - kecha "Real Madrid" bosh jamoasining La Ligadagi o'yiniga ilk marta qaydnomaga kiritildi.
Keylor Navas va Luka Zidanlarning jarohati olishi va natijada Kiko Kasilya jamoadagi yagona darvozabon ekanligi sababli Moha asosiy jamoaga o'tkazildi. 2000-yil Tenerife shahrida dunyoga kelgan darvozabon xattoki "Kastilya"da ham to'p surmagan va u birdaniga "Real Madrid" asosiy jamoasiga o'tkazildi. "Xuvenil A" tarkibida Guti shogirdi hisoblangan darvozabon 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa chempionatida ham zafar quchgan edi. Bo'yi 1,90 (sm); vazni 83 (kg) bo'lgan darvozaboni 2013-yildan beri "Real Madrid" akademiyasida ta'lim olib kelmoqda.