"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga rahbari Xaver Tebas haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Tebas "Madrid" haqida juda ko'p gapiradi. U "Madrid"ni g'iybatchilar klubi deb atadi va millionlab madridliklarga hurmatsizlik qildi. U La Liga prezidenti va Ispaniya futbolida u e'tibor qaratishi kerak bo'lgan ancha jiddiy muammolar bor", - dedi italiyalik mutaxassis Ispaniya kubogida "Real Sosedad"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.