«Real» va «PSJ» klublari «Barselona»ning 17 yoshli hujumchisi Lamin Yamal bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan.
Ammo futbolchining agenti Jorje Mendesh bu haqda «buning iloji yo'q» deb bayon qildi. Bu haqda jurnalist Ferran Martines X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Joriy mavsumda Yamal 33 ta uchrashuvda 11 ta gol urgan va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning ispan klubi bilan bo'lgan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan, ammo ma'lumotlarga ko'ra, Yamal 18 yoshga to'lganidan so'ng, ya'ni 2025 yil 13 iyuldan boshlab, shartnoma 2030 yilgacha uzaytiriladi.
Ispaniya terma jamoasi tarkibida u o'tgan yili Evropa chempioni bo'ldi. U terma jamoa safida 17 o'yinda 3 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.