"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Arda Gyulerning himoyadagi o'yinidan qoniqmayapti.
"Relevo" nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis 19 yoshli futbolchining mashg'ulotlardagi harakatlaridan to'liq mamnun emas va undan himoyaviy vazifalarni bajarishda ko'proq faollik talab qilmoqda.
Anchelotti Gyulerga o'z o'yinini yaxshilashi kerakligini allaqachon tushuntirib o'tgan va futbolchi maydonda o'z ustida ishlashga harakat qilmoqda. Turkiyalik futbolchining himoyadagi harakatlari yaxshilangani, shuningdek, jamoaviy muhitga yanada ko'proq moslasha olgani ta'kidlanmoqda, ammo uning rivojlanishi hali barqaror emas.
Shu sababli Gyuler so'nggi 5 ta o'yinda maydonga tushmagan bo'lishi mumkin. U oxirgi marta Ispaniya Kubogi 1/4 finalida «Leganes»ga qarshi bahsda (3:2) o'ynagan.
Joriy La Liga mavsumida Gyuler 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.