Tibo Kurtua mart oyida Belgiya terma jamoasi tarkibida maydonga tushadi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Rudi Garsiya «Real» posbonini Millatlar Ligasidagi navbatdagi o'yinlarga chaqirmoqchi. 20 va 23 mart kunlari Belgiya Ukrainaga qarshi pley-off bahslarida ishtirok etadi, g'olib jamoa musobaqaning eng yuqori divizionida qolish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Kurtua 2023 yil yozidan beri Belgiya terma jamoasi uchun o'ynamagan edi. Bu uning o'sha paytdagi bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan kelishmovchiligi tufayli sodir bo'lgan. Yanvar oyida Tedesko lavozimini tark etdi va uning o'rniga Rudi Garsiya tayinlandi.