"Real" hujumchisi Rodrigo Angliya Premer-ligasining top-klubiga ketishi mumkin, deb xabar bermoqda Todofichajes portali. Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Kanonirlar" yozgi transfer oynasida forvardni qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi. Angliya top-klubi Rodrigoni sotib olish uchun 85 million evro ajratishga tayyor.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 22 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi oltita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.