Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti: «Modrich o'zi xohlagancha o'ynashi kerak»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 25-turida «Jirona»ga qarshi o'yin (2:0) haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 25-turida «Jirona»ga qarshi o'yin (2:0) haqida fikr bildirdi. Ushbu bahsda Luka Modrich gol urdi va murabbiy uning o'yinini yuqori baholadi.  

«Modrich futbol uchun haqiqiy sovg'a. U o'zi xohlagancha o'ynashi kerak. U o'z ishini juda yaxshi bajaradi. Biz bunday afsona bilan ishlash imkoniga ega ekanimiz katta omad.

Mening jamoamda 40 yoshgacha o'ynagan yana bir futbolchi bo'lgan — Paolo Maldini. U bilan Modrichni solishtirish mumkin, chunki ikkalasi ham ideal futbolchi qanday bo'lishi kerakligining yorqin namunasi. Ular tasodifan 40 yoshgacha maydonga tushmagan. Bu erda genetika ham muhim, ammo eng asosiysi — ishga bo'lgan munosabat va mehnatsevarlik», — dedi Anchelotti.

Modrich 2012 yildan buyon «Real» safida to'p tepmoqda. U shu paytgacha jami 574 o'yinda ishtirok etib, 43 gol urgan va 92 assist qayd etdi.

BestMaster
Kecha, 11:00
anchelotti, «modrich, xohlagancha, oynashi, kerak»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017