«Manchester Yunayted» o'z darvozaboni David De Xeadan ayrilishni istamayapti.
Yarim himoyachi Garet Beylni «Real»dan sotib olishga harakat qilayotgan mankunianliklar "Qirollik klubi" ispaniyalik darvozabonni talab qilishidan xavotir olmoqda. "MYu" de Xeani madridliklarga qo'shib bermoqchi emas.
Avvalroq «Real» Beylni 100 million evroga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. "Qaymoqranglilar" o'tgan yilning yozida de Xeani transfer qilishga juda yaqin turishgandi, ammo kerakli hujjatlarni o'z vqatida FIFAga yuborishga ulgurishmagandi.