La Liga rahbari Superliga haqida gap ketayotgan bir paytda "Real"siz turnirni tasavvur qila olmasligini bildirdi.
– Ispaniyadagi futbol ligasini "Real"siz tasavvur qila olasizmi?
- Yo'q, chunki bu mumkin emas. Puerta de Alkala (Ispaniya poytaxti markazidagi Plaza de la Independensiyadagi yodgorlik) bo'lmasa, Madrid qanday bo'lardi, deb o'ylagandek bo'lasiz. Bu bo'lishi mumkin emas.
- Superliga haqida nima deyish mumkin? Bilasizmi, Florentino Peres o'z g'oyalaridan qaytadiganlardan emas.
- Men har doim aytganman, u juda qaysar va qat'iyatli. Florentino hech qachon yutqazmaydi. Superliga boshlanmasa ham hammasi uning sharofati bilan bo'lganini aytadi.
- Lekin Superliga haqida qanday fikrdasiz, to'xtatildimi?
- Eshiting, Florentino nima qilmasin, hech narsa joyida turmaydi.
2021 yilda Superliga o'sha yilning aprel oyida boshlanishini OAVda hech kim bilmas edi, biroq bu haqda ba'zilarimiz ertaroq bilib oldik. Siz har doim nima bo'lishidan xabardor bo'lishingiz kerak" - dedi La Liga prezidenti Tebas.