"Barselona" La Ligada peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Kataloniyaliklar 25-turda "Las-Palmas" mehmoni bo'ldi (2:0).
Xansi Flik jamoasi 54 ochko bilan chempionatda 1-o'rinda bormoqda. "Valensiya"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Atletiko" (3:0) 1 ochko ortda qolmoqda.
"Real" "Barsa"dan 3 ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Karlo Anchelotti jamoasi ertaga "Jirona"ga qarshi bahs olib boradi.