Bugungi bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda shifokorlar yarim himoyachi Dani Sebalosning to'pig'ini tekshirishga majbur bo'ldi. Albatta, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shanba kungi matbuot anjumanida futbolchining ahvoli haqida savol oldi.
"Sebalos so'nggi o'yinda maydonga tushgan barcha kabi yaxshi holatda. Dam olishi kerak bo'lgan futbolchilarga baho beraman. Jamoa jismonan yaxshilanmoqda. Ertaga Alaba o'ynashi mumkin. Vaziyatni baholab, qaror qabul qilishim kerak bo'ladi," - dedi Anchelotti jurnalistlarga.