"Real Madrid" hali ham himoyaning chap tomoniga sifatli o'yinchi sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Madridliklar uzoq vaqtdan beri Alfonso Devis bilan bog'langan edi, ammo kanadalik futbolchi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Fichajes portali xabariga ko'ra, "Real Madrid" endilikda "Milan" a'zosi Teo Ernandesni ko'zlamoqda. O'z vaqtida frantsuz madridliklar safida o'ynagan, biroq o'shanda u jamoada o'zini to'liq ko'rsata olmagandi.
Manbaga ko'ra, Ernandes "Los-Blankos"ga qaytishini osonlashtirishga tayyor. Qo'shimcha qilib o'tamiz, nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari 27 yoshli Teo Ernandesni 50 million evroga baholamoqda.