"Real" Marseloning o'g'li Entso Alvesh bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
15 yoshli futbolchi bilan kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.
Entso "Real" tarbiyalanuvchisi, u yoshlar jamoasida hujumchi sifatida o'ynaydi. Uning klub bilan avvalgi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan edi.