"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatida diskvalifikatsiya muddatini to'liq o'taydigan bo'ldi. Ispaniya matbuoti bir ovozdan xabar berishicha, apellyatsiya qo'mitasi Madrid klubi arizasini rad etgan, shu bois Bellingem ikki o'yinni o'tkazib yuboradi. Avvalroq inglizga xuddi shunday diskvalifikatsiya muddati tayinlangandi.
Jud Bellingem La Liganing "Jirona" (23 fevral) va "Betis" (2 mart) bilan o'yinlarida "Real"ga yordam bermaydi.
Eslatib o'tamiz, "Osasuna"ga qarshi kechgan o'yinda Bellingem haqoratli so'zlar uchun qizil kartochka olgan edi. "Real" va futbolchining ta'kidlashicha, hakam shunchaki ibora kontekstini noto'g'ri talqin qilgan.