"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi chempionlar ligasi finali oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuventus" va "Real"ning imkoniyatlari 50 ga 50. Men "Yuventus"ning g'olib bo'lishini istayman, Janluiji Buffon esa chempionlar ligasida birinchi kubogini qo'lga kiritsin. U bunga munosib.
2022 yilda arab diyorida birinchi marta jahon chempionati bo'lib o'tadi. Futbol nuqtai nazaridan bu tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati bo'ladi.
Futbolchilar odatda mavsum tugaganidan so'ng mundialga kelishadi va eng yaxshi o'yinchilar bu vaqtda jarohat olgan bo'ladilar.
Qatarda esa futbolchilar o'zlarining eng yaxshi formasida bo'ladilar, chunki jahon chempionati noyabrdan dekabrgacha bo'ladi", - deydi Xavi.