Madridning "Real" jamoasi Primeroning 8-turida "Xetafe" (2:1) ustidan g'alabaga erishdi.
"Qirollik klubi" Ispaniya chempionatida ketma ket so'nggi 13 ta safar o'yinida g'alaba qozongan ilk jamoa bo'ldi.
"Real" "Barselona"dan 4 ochko kam jamg'argan. Biroq madridliklar Kataloniya jamoasiga qaraganda bitta kam o'yin o'tkazgan.