"Manchester Siti" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasidagi Chempionlar ligasi birinchi pley-off bahsi «Amazon Prime Video» platformasi tomoshabinlarida katta qiziqish uyg'otdi. Bu haqda «The Athletic» jurnalistlari xabar bermoqda.
Bu match jonli tomoshalar soni bo'yicha rekord o'rnatdi. Ingliz va ispan grandlarining o'yinini to'rt milliondan ortiq tomoshabin kuzatdi.
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi javob uchrashuvi 19 fevral, chorshanba kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.