Madridning «Real» klubi futboldagi hakamlik tizimini yaxshilashga qaratilgan rejasini taqdim etmoqchi. Bu haqda El Larguero nashri jurnalist Manu Karrenoning X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi ma'lumotiga tayanib xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, «Qirollik klubi» tomonidan ishlab chiqilgan reja asosan shaffoflik tamoyillariga, ayniqsa, VAR tizimi ishlash jarayoniga qaratilgan. «Real» rahbariyati muxlislar hakamlarning VAR orqali qabul qilayotgan qarorlarini va ularning o'zaro muloqotini bilishlari kerak, deb hisoblaydi.
Avvalroq «Real» klubi La Liganing 22-turida «Espanol»ga (0:1) qarshi o'yindagi hakamlik bo'yicha rasman shikoyat yo'llagan edi. Klub Ispaniyada hakamlik tizimini to'liq yangilash uchun keskin choralar ko'rishga chaqirgan.