Rafael Benitesning fikricha, "Real" uslubi Trent Aleksandr-Arnoldga mos keladi.
"U hujumkor himoyachi. Hozir ham ba'zan yarim himoyada o'ynaydi. "Real" - hujumkor jamoa. Ular Ispaniyadagi eng yaxshi jamoa va shunday bo'lib qoladi. "Barselona" va "Atletiko"ning ishlari yaxshi ketayotgan bo'lsa ham, "Real"da salohiyat bor, shuning uchun ular har doim (poygada) bo'ladi.
Shunday ekan, hujumkor jamoada hujumkor himoyachi sifatida golli uzatmalarni amalga oshirish, hujumda imkoniyatlar yaratish imkoniyati ko'proq bo'ladi. Bu unga futbolchi sifatida yaxshi. "Liverpul"da shunday qilishi ajablanarli emas, ammo "Real"da yillar davomida shunday qilishiga kafolat berish mumkin.
"Liverpul" muxlislari o'rnida bo'lganimda, uning qolishi ancha yaxshi bo'ladi, degan bo'lardim, chunki u o'ziga xos nimadir qila oladi. Ammo u ketsa, "Madrid" va Ispaniya muxlisi sifatida aytaman, bu u va "Real" uchun yaxshi bo'ladi," - dedi "Liverpul" va "Real"ning sobiq ustozi.