Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 8-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi.
«Qirollik klubi» bosh murabbiyi Zinedin Zidan zayavkaga 18 futbolchini kiritdi.
Ushbu uchrashuvni Dani Karvaxal va Garet Beyl jarohat tufayli o'tkazib yuborsalar, Keylor Navas, Kazemiro va Rafael Varanga dam olish imkoniyati taqdim etiladi.
O'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Moxa.
Himoyachilar: Serxio Ramos, Marselo, Teo, Nacho Fernandes, Ashraf Hakimi, Alvaro Texero.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.