Rivaldo "Real"ni "Manchester Siti"ga qarshi bahsda favorit deb hisoblaydi.
“Madrid jamoasi Chempionlar ligasida qanday o'ynashni biladi, ularda ko'proq tajriba va ko'proq sovrinlar bor. "Siti" eng yaxshi holatda emas, ular yilni yomon boshladi, "Arsenal"dan so'nggi mag'lubiyatni (1:5) hisobga olsak, Premer-ligada u qadar yaxshi emas.
"Real Madrid" yaxshi holatda. Garchi u La Ligada ko'tarilish va pasayishlarni boshdan kechirgan bo'lsa-da, "Siti"ga qarshi o'yinga biroz yaxshiroq formada keladi. "Real Madrid"da tajriba ustunligi bor va ular Chempionlar ligasida qanday o'ynashni juda yaxshi bilishadi", - deydi "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi.