"Real Madrid" yana jiddiy jarohatlar muammosiga duch keldi.
Kilian Mbappe, Jud Bellingem, David Alaba va Antonio Ryudiger so'nggi paytlarda safdan chiqdi.
Eder Militao, Dani Karvaxal va Eduardo Kamavinga ham kasalxonada qolmoqda.
“Gazeta.ru”ning ispan OAVga tayanib xabar berishicha, joriy mavsumda “Real”ning bor-yo'g'i olti nafar futbolchisi jarohat muammosidan qochishga muvaffaq bo'ldi – gap Luka Modrich, Federiko Valverde, Arda Gyuler, Fran Garsiya, Andriy Lunin va Endrik haqida bormoqda.