"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ning qishki transfer oynasidagi xaridlari haqida gapirdi.
"Shaharliklar" qishda yangi kelganlar uchun 200 million evrodan ortiq mablag' sarfladi.
Xosep Gvardiola jamoasi safiga Umar Marmuch, Abduqodir Xusanov, Niko Gonsales, Vitor Reys va Juma Ba qo'shildi.
"Real Madrid" doimiy jarohati bilan bog'liq muammolarga qaramay birorta futbolchini taklif qilmadi.
"Siti" futbolchilarni sotib oldi, lekin "Real"... Men bu haqda izoh berishni xohlamayman.
Biz hozir boshqa narsalarga e'tibor qaratishimiz kerak", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.