Madridning «Real» jamoasi sardori Serxio Ramos, yaqindagi shov-shuvlarga sabab bo'lgan «Neymar va Kavani» mojarosi haqida to'xtalib o'tdi.
«Bunday holat “Real”da hech qachon bo'lmaydi, chunki har bir narsa o'yin oldidan bizga aytiladi. Bizda hammasi yaxshi tashkil etilgan va muvofiqlashtirilgan.
Klubda penaltini Ronaldu tepadi, agar u bo'lmasa “nuqta” oldiga men boraman. Xatto har bir o'yin oldidan bizda penaltini tepuvchi uchinchi shaxs ham bo'ladi.
Bu esa muammolardan qochishning eng yaxshi yo'li hisoblanadi. Neymar va Kavani ajoyib futbolchilar sanalishadi. Ishonchim komilki, ular kelishib ketishad», - deydi Ramos.