"Real Madrid"ning barcha musobaqalardagi g'alabali seriyasi buzildi.
Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 22-turida "Espanol"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
"Real" so'nggi bor shu kungacha 12 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:5) mag'lub bo'lgan edi. O'shandan beri madridliklar ketma-ket beshta yirik g'alabaga erishgandi.
5 fevral kuni "Real" Ispaniya kubogi doirasida mehmonda "Leganes" bilan o'ynaydi.