Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Juniorni o'z safida uzoq vaqt saqlab qolmoqchi. Madridliklar braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi, lekin talablar yuqori bo'lsa, Vinisiusning talablarini bajarishga rozi bo'lmaydi. Bu haqda "Fichajes" portali o'z sahifalarida so'zlab beradi.
"Los-Blankos" Vinisiusning yangi shartnomasi shartlariga cheklovlar qo'ydi. Madrid klubi futbolchining muhimligini tan oladi, ammo maosh tuzilmasida katta o'zgarishlar qilishni istamaydi. Shu bilan birga, "Real Madrid" Vinisius Kilian Mbappenikiga o'xshash shartnoma shartlarini so'rashi mumkinligini tushunadi.