Kilian Mbappe La Liganing yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli frantsiyalik futbolchi ilk bor Ispaniya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.
Yanvar oyida Mbappe La Liganing 3 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi, jumladan, "Valyadolid"ga qarshi o'yinda (0:3) xet-trik qayd etdi.
Dekabr oyida Jude Bellingem La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan bo'lsa, noyabr oyida Vinisius Junior deb topildi.