"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rodrigoning o'yini haqidagi savolga javob berdi.
"Rodrigoning chap qanotdagi o'yini? Bu yaxshi savol. Rodrigo chap qanotda o'zini juda qulay his qiladi, lekin u o'ng qanotda ham jamoaga katta hissa qo'shadi. U mukammal o'yinchi, garchi chapda o'ynashni afzal ko'rsa ham. Jamoa uchun kimdir har doim qurbon bo'ladi. Rodrigo ham doim shunday qilardi. U jamoa manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yadi," - dedi Anchelotti.
1 fevral, shanba kuni "Real" La Ligada "Espanol"ga qarshi o'ynaydi.