"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasi doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam berishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va jamoasining umumiy mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi. Karim Primeraning 3-turi doirasida bo'lib o'tgan "Levante"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi va 1 oy davomida tiklanish jarayonini o'tadi.
"Xetafe"ga qarshi o'yinda Keylor Navas, Mateo Kovachich, Daniel Karvaxal va Garet Beyl "Real" safida maydonga tusha olishmaydi.
Eslatib o'tamiz, Benzema yaqinda "Real" bilan shartnomani uzaytirdi va jamoaning vitse-sardorlaridan biriga aylandi.
"Xetafe" – "Real" bahsi 14 oktyabr kuni bo'lib o'tdi.