"Real Madrid" Chempionlar ligasining 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.
"Qirollik klubi" kuchli sakkizlikka kira olmadi, Karlo Anchelotti jamoasi 11-o'rinni egalladi. Shuning uchun madridliklar pley-offning dastlabki bosqichida o'ynaydi va u erda "Manchester Siti" yoki "Seltik" bilan uchrashadi.
Defensacentral xabariga ko'ra, "Real Madrid" kiyinish xonasidagi kayfiyat Chempionlar ligasining umumiy bosqichida kuchli sakkizlikka kira olmaganidan keyin sezilarli darajada yomonlashdi.
To'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga chiqish maqsadi barbod bo'lishini hech kim kutmagandi. Shuningdek, «qirollik» klubi «Manchester Siti» bilan bunday erta bosqichda uchrashishni istamasligi qayd etilgan.