Tibo Kurtua "qizil iblislar" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko iste'foga chiqarilgach, Belgiya terma jamoasiga qaytishga qaror qildi.
"Men allaqachon terma jamoa murabbiyiga qo'ng'iroq qilganman. U tez orada Madridga etib keladi. Qaytish istiqboli yaxshi ko'rinmoqda, mening maqsadim har doim JCh-2026ga chiqish bo'lgan, men qaytishga tayyorman", - dedi Kurtua VTM bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Kurtua avvalroq Domeniko Tedesko jamoani boshqargan vaqtida o'z mamlakati terma jamoasida o'ynashdan bosh tortgan edi. Tedesko Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini Rudi Garsiyaga bo'shatib berdi.