Huquqlari "Barselona" klubiga tegishli bo'lgan ispaniyalik hujumchi Ansu Fati faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, forvardni sotib olishga Amsterdamning “Ayaks” klubi qiziqmoqda. “Ko'k-anorranglilar” o'z navbatida Fatining Niderlandiya jamoasiga o'tishiga qarshi emas.
Ansu 2020 yil sentyabridan buyon “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati o'n million evroga baholanmoqda.