"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining hozirgi formatidan noroziligini bildirdi.
Madridliklar umumiy hisobda 11-o'rinni egalladi va shuning uchun fevral oyida ikkita qo'shimcha pley-off o'yinini o'tkazishga majbur bo'ladi.
"Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak. Oldinroq uyg'onmaganimiz achinarli, ammo hozirgi formatda bu turnirda juda ko'p o'yinlar bor. Bu menga yoqmaydi. Haddan tashqari yuklamani oldini olish uchun o'yinlar sonini kamaytirish kerak", - dedi Anchelotti.