Avstriyalik himoyachi bir yildan ko'proq vaqt davom etgan jiddiy tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'lgach, safga qaytdi.
TodoFichajes xabariga ko'ra, "Real" Alaba bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan. Futbolchi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladigan va uni yana bir mavsumga uzaytirish variantini o'z ichiga olgan mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda.
32 yoshli Alabaning amaldagi shartnomasi "Real" bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Umuman olganda, avstriyalik futbolchi Madrid klubi safida 105 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va jamoadoshlariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.