Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua "Real Madrid"ning UEFA Chempionlar Ligasidagi istiqbollari haqida gapirdi.
"Muvaffaqiyatsiz o'yinlarga qaramay, "Real Madrid" har doim Evropaning eng yaxshi jamoalarini mag'lub etishga qodir. Oldinda bizni yana bir o'yin kutib turibdi, kuchli sakkiztalikda yakunlash qiyin bo'ladi. Chempionlar ligasi qiyin turnir. Biz hali ham favoritlardan birimiz", - dedi darvozaboni AS bilan suhbatda.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Qirollik klubi" safarda frantsiyalik "Brest"ga qarshi o'ynaydi. O'yin bugun, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanishi rejalashtirilgan.