Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Vinisiusning kelajagi? U "Madrid"da qolib, chempionlik unvonlarini qo'lga kiritishni davom ettirmoqchi. Agar u oxir-oqibat Saudiya Arabistoni klubiga o'tsa, men uni tushunamanmi? Zamonaviy futbolda men hamma narsaga tushunaman, masalan, Kroosning faoliyatini yakunlash qaroriga. O'yinchi qaror qabul qilib, undan mamnun bo'lsa, men ham mamnun bo'laman. Lekin, o'ylaymanki, futbolchilar "Madrid"da sovrinlar yutib, baxtiyor bo'lishadi", - dedi italiyalik mutaxassis EChL 8-turidan o'rin olgan "Brest"ga qarshi o'yindan oldin.