"Lion" hujumchisi Mariano Diaz Ispaniya terma jamoasida to'p surishni xohlaydi.
Mariano Dominikan Respublikasi tarkibida 2013-yilda norasmiy uchrashuvda to'p surgan va ushbu yozda "Real"dan "Lion" safiga borib qo'shildi.
"Men bir marta bo'lsa ham Ispaniya terma jamoasi tarkibida to'p surishni istayman va bu orzu amalga oshrish uchun kurashaman. Xa, men Dominikan Respublikasi tarkibida to'p surganman lekin u paytda to'g'ri qarorga kelganimni xis qilgandim. Ammo hozir mening maqsadim Ispaniya terma jamoasida o'ynash," - deydi sobiq "Real" futbolchisi.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 8 o'yindan so'ng 6 ta golga mualliflik qilgan.