Saudiya Arabistoni Vinisius uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
Kelgusi yozda Saudiya klublari "Real Madrid"ning braziliyalik vingerini sotib olishga urinib ko'radi.
AS nashri yozganidek, Madrid klubi uchun taklif 300 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchiga 5 yil davomida 1 milliard evrolik shartnoma taklif qilinadi - bu yiliga 200 million evro.
Avvalroq braziliyalik futbolchi "Al-Ahli"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yana bir klub "Al-Hilol" ham Neymar bilan shartnomani bekor qilgani aytilmoqda.
Ayni paytda futbolchining o'zi bilan muzokaralar olib borilmayapti. Biroq, "Real Madrid" bir milliard evroga teng bo'lgan tovon pulini olmoqchi.