"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal o'zining holati haqida gapirdi.
"Jarohatdan keyin avvalgi darajamga qayta olamanmi?
Bunga shubha yo'q. Men o'zimni yirtqich hayvondek his qilyapman, ahvolim a'lo darajada. Hamma narsani quvonch va ishtiyoq bilan qabul qilish kerak. Iloji boricha tezroq qaytishga umid qilaman", - deya "los-blankos" uchun barcha musobaqalarda 427 ta o'yinda 14 ta gol va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan Karvaxal so'zlarini keltiradi Madrid Universal.