Braziliyaning “Palmeyras” klubi prezidenti Leyla Pereyra hujumchi Endrikning “Real”dan ijara asosida qaytishi ehtimolini baholadi.
"Endrikning ijaraga qaytish ehtimoli? Yo'q, bu hech qachon muhokama qilinmagan. Bu mumkin emas. Buning amalga oshishi uchun bu "Palmeyras" uchun ham, futbolchi uchun ham, "Real" uchun ham yaxshi bo'lishi kerak", - deya Pereyraning so'zlarini keltiradi The Athletic.
Joriy mavsumda Endrik klub safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.