Kilian Mbappe "Valyadolid" darvozasiga gol urib, rekord o'rnatdi.
Madridning "Real" klubi hujumchisi La Liganing 21-turining 30-daqiqasida Jud Bellingemning uzatmasini qabul qilib, hisobni ochdi. O'yin yakuniga qadar u yana 2 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Mbappe top-ligada ketma-ket to'qqiz mavsumda kamida 20 ta gol urgan birinchi frantsuz futbolchisiga aylandi.
Kilian yana hozirda eng kuchli beshta liga tarixidagi eng yaxshi frantsuz to'purarlari ro'yxatida 8-o'rinni bo'lishib turibdi. Uning hisobida 205 ta gol bor, xuddi Aleksandr Lyakazett kabi. Karim Benzema 281 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.