Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasida “Valyadolid”ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etganidan so'ng, jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Qaymoqranglilar”ning frantsiyalik futbolchisi 30 va 57-daqiqalarda ochiq o'yindan gol urgan bo'lsa, 91-daqiqada penaltini golga aylantirdi.
Bu hujumchining "Real" safidagi ilk xet-triki bo'ldi.
"Het-trikimdan xursandman, lekin g'alabadan bundan ham ko'proq xursandman. “Atletiko” bilan durangdan so'ng qo'shimcha bosim ostida qoldik.
Men Madridga juda xursandman qaytyapman", – dedi Mbappe.