"Real" himoyachisi Xesus Valexo jarohatidan butunlay tuzalganini va endi asosiy tarkib uchun kurashmoqchi ekanligini ma'lum qilib o'tdi.
"Madrid"ning bir qismi bo'lish uchun va asosiy tarki uchun kurashish - men uchun ajoyib chaqiruv. Menga bunday sinovlar yoqadi. Jarohat futbolchining yo'qotib bo'lmas bir qismi. Hozirda yaxshi xolatdaman va safga qaytganimdan xursandman," - deydi himoyachi.