"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'zini jamoaga to'liq moslashgan deb hisoblamoqda.
Frantsiyalik futbolchi Madridga ko'chib o'tgan dastlabki oylaridayoq tez-tez tanqid ostiga olindi, biroq yaqinda forvard "PSJ"dagi faoliyati davomida hamma o'rganib qolgan mahsuldorlikni namoyish eta oldi.
26 yoshli futbolchi “Los-Blankos” safida o'tkazgan so'nggi beshta o'yinida sakkizta gol urdi, jumladan “Valyadolid”ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etdi.
"Men hujumning barcha pozitsiyalarida ham o'ynay olaman - tepada, chapda va o'ngda. "Real Madrid"dagi moslashish davrim tugadi", dedi Mbappe shanba kungi La Liga o'yinidan keyin bergan intervyusida.