Madridning “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappe La Liga to'purarlari ro'yxatida Robert Levandovskiga yaqinlashdi.
Shanba kuni "Los-Blankos" forvardi "Valyadolid"ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etdi - endi frantsiyalik futbolchining Ispaniya chempionatida urgan gollari soni 15 taga etdi.
Mbappe to'purarlik poygasida ikkinchi o'rinda, u "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskidan atigi bir gol ortda qolmoqda.
"Men to'purar bo'lishga qarshi emasman, lekin men uchun bu unchalik muhim emas - Rodrigo va Vinisiusga gol urishga yordam berishga ham tayyorman.
Men eng ko'p istaymanki, "Real Madrid" bilan g'alaba qozonish va sovrinlar yutishim kerak", – dedi Mbappe.